Creator'lar uchun UGC platforma

Reels joylangprosmotr uchun pul oling

Kampaniyani tanlang, video tayyorlang va Instagram'da joylang. Daromadingiz prosmotrlar soniga qarab avtomatik hisoblanadi, pul kartangizga o'tkaziladi.

  • Instagram parolisiz
  • UzCard va Humo
  • Minimal yechish: 50 000 so'm
Namuna ko'rinish

Qanday ishlaydi

To'rt qadam: ro'yxatdan o'tishdan tortib kartaga pul tushgunicha.

  1. 01

    Telegram bilan kiring

    Parol va SMS kerak emas. Telegram orqali bir bosishda kirasiz va qisqa profilni to'ldirasiz.

  2. 02

    Instagram'ni ulang

    Professional (Business yoki Creator) akkauntingizni rasmiy Instagram oynasi orqali ulaysiz. Biz faqat statistikani o'qiymiz.

  3. 03

    Kampaniyani tanlang

    Brif va to'lov shartlarini o'qing, mos kampaniyada Reels joylang va linkini yuboring. Moderator tekshiradi.

  4. 04

    Prosmotr uchun to'lov oling

    Prosmotrlar avtomatik kuzatiladi. Tasdiqlangan daromadni UzCard yoki Humo kartaga yechib olasiz.

Pul qanday hisoblanadi

Hamma narsa oldindan ko'rinadi: stavka, minimal prosmotr va maksimal summa kampaniya sahifasida yoziladi.

CPM nima?

CPM bu 1000 ta prosmotr uchun to'lov. Videongiz qancha ko'p ko'rilsa, shuncha ko'p ishlaysiz. Ba'zi kampaniyalarda tasdiqlangan video uchun qat'iy summa ham bo'ladi.

Misol

Stavka: 10 000 so'm / 1000 prosmotr
Videongiz: 50 000 prosmotr

50 × 10 000

Daromad

500 000 so'm

  • Minimal yechish: 50 000 so'm

    Tasdiqlangan balans shu summaga yetgach, yechish so'rovini yuborasiz.

  • UzCard va Humo

    Pul qo'lda, CORSA moliya jamoasi tomonidan kartangizga o'tkaziladi.

  • Prosmotrlar Instagram'dan

    Raqamlar to'g'ridan-to'g'ri Instagram statistikasidan olinadi va jadval bo'yicha yangilanadi.

  • Hold muddati

    Kuzatuv tugagach, daromad qisqa tekshiruv muddatidan o'tadi va keyin yechishga ochiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Instagram parolimni berishim kerakmi?

Yo'q. Instagram'ni rasmiy Instagram/Meta kirish oynasi orqali ulaysiz, parolingizni biz ko'rmaymiz va saqlamaymiz. Faqat videolar statistikasini o'qishga ruxsat so'raladi. Ruxsatni istalgan vaqtda Instagram sozlamalaridan bekor qilishingiz mumkin.

Qanday Instagram akkaunt kerak?

Professional akkaunt: Business yoki Creator. Oddiy akkauntni Instagram sozlamalarida bir necha bosishda o'zgartirish mumkin. Ulashdan oldin ilovada qadamma-qadam ko'rsatma chiqadi.

Qancha ishlashim mumkin?

Bu kampaniyaga bog'liq. To'lov prosmotrlar soniga (CPM), tasdiqlangan video uchun qat'iy summaga yoki ikkalasining yig'indisiga asoslanadi. Stavka, minimal prosmotr va maksimal summa kampaniya sahifasida oldindan ko'rsatiladi.

Pulni qachon va qanday olaman?

Prosmotrlar kuzatuv muddati davomida hisoblanadi. Undan keyin qisqa hold muddati o'tadi va daromad tasdiqlanadi. Shundan so'ng ilovada yechish so'rovi yuborasiz, moliya jamoasi kartangizga o'tkazadi.

Minimal yechish summasi va qaysi kartalar?

Minimal yechish summasi 50 000 so'm. Pul UzCard yoki Humo kartaga o'tkaziladi.

Videom rad etilsa yoki tuzatish so'ralsa nima bo'ladi?

Moderator sababini izoh bilan yozadi. Tuzatish so'ralgan bo'lsa, videoni to'g'rilab, yangisini topshirasiz. Kampaniya limiti ruxsat bersa, qayta urinish mumkin.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Karta raqami va Instagram token'i shifrlangan holda saqlanadi. Brendlar sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni va to'lov ma'lumotlaringizni ko'rmaydi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni istalgan vaqtda "Ma'lumotlarni o'chirish" sahifasi orqali so'rashingiz mumkin.

Prosmotrlar qanday sanaladi?

Faqat Instagram bergan organik prosmotrlar hisobga olinadi. Sun'iy yoki shubhali o'sish avtomatik belgilanadi va moderator tomonidan tekshiriladi. Firibgarlik tasdiqlansa, daromad bekor qilinadi.

UGC, agentlik nazoratida

Brendlar uchun

CORSA jamoasi brifni yozadi, creator'larni tanlaydi va sifatni nazorat qiladi. Siz faqat natijani ko'rasiz va yakuniy tasdiqni berasiz. Murojaat qoldiring, biz bog'lanamiz.

  • Hammasini CORSA boshqaradi

    Brif, creator tanlash, moderatsiya va to'lovlar bizda. Sizdan vaqt talab qilinmaydi.

  • Siz tasdiqlaysiz

    Moderatordan o'tgan har bir video brend portalida sizning qaroringizni kutadi.

  • Shaffof hisobot

    Prosmotr, qamrov, engagement va xarajat bitta panelda. Hisobotni PDF yoki havola sifatida olasiz.

Telefon yoki emaildan kamida bittasini kiriting.

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Birinchi kampaniyangizni tanlang

Kirish bepul va bir daqiqa oladi. Parol va karta ma'lumotlari ro'yxatdan o'tishda so'ralmaydi.

Telegram orqali kirish

Savollaringiz bormi? Yozing, javob beramiz: hello@corsa.uz